Xalq deputatlari Toşkent tumani Kengaşining navbatdan taşqari uçinçi sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Özbekiston Respublikasi prezidentining maslahatçisi Şerzod Qudbiyev ham iştirok etgan sessiyada taşkiliy masala körildi. Viloyat hokimi Rustam Xolmatov öz nutqida qulay geografik joylaşuv, rivojlangan bozor infrastrukturasi, meva-sabzavotçilikda donği ketgan öziga xos maktab bölişiga qaramay, tuman juda köp yönalişlarda qöşni hududlardan ortda qolganini aytib ötdi, tumanda yerdan foydalaniş, kommunal soha, norasmiy işlayotgan işçilarni legallaştiriş, quriliş kabi yönalişlarda özibilarmonlik, boşboşdoqlik yuzaga kelgani keskin tanqid qilindi.
Muhokamalardan söng, Akbar Asqaroviç Sulaymonovni Toşkent tumani hokimi vazifasidan ozod etiş töğrisidagi viloyat hokimining qarori Xalq deputatlari tuman kengaşi deputatlari tomonidan tasdiqlandi.
- Akbar Sulaymonov 2019 yilning yanvaridan buyon Toşkent tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Rustam Xolmatov Toşkent tumani hokimi lavozimiga Odilxon Bakiyeviç Rustamov nomzodini tavsiya qildi. Uning nomzodi Toşkent tumani hokimi lavozimiga deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
O.Rustamov faoliyati davomida Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari (2009-2016), «Özbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati boşqaruv raisi (2016), Toşkent şahar Şayxontohur tumani hokimi (2017) lavozimlarida faoliyat yuritgan. U 2017 yilning kuzida Toşkent viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari v.v.b. etib tayinlangandi.
Bundan oldinroq, Toşkent viloyatining Böka, Bekobod va Yangiyöl tumanlarida hokim özgargandi.
Xalq banki boşqaruvi raisi örinbosari Böka tumaniga hokim böldi











