Amazon kompaniyasining ma'lum qilişiça, britaniyalik yozuvçi Jon Ronald Ruel Tolkinning «Uzuklar hukmdori» kitobini ekranlaştiriş uçun huquqlarni sotib oldi. Tegişli bayonot kompaniya rasmiy saytida e'lon qilindi.
Ta'kidlanişiça, serialda «Uzuklar birodarligi» hodisalaridan avvalgi qator yangi syujyet liniyalari taqdim etiladi.
«Amazon Studios jamoasida ğaroyib ğoyalar bor – ekranga Tolkinning asl asari mavzusi böyiça avval tadqiq qilinmagan voqealarni olib çiqiş», - deyiladi xabarda.
Avvalroq Warner Bros. kinokonserni hamda Tolkien Estate kompaniyasi Amazon Studios prodyuserlik kompaniyasi bilan «Uzuklar hukmdori» mavzusida serial işlab çiqariş haqida muzokaralar boşlagani ma'lum bölgandi.











