BAAning Emirates aviakompaniyasi yangi xarid qilgan Boeing 777 samolyotlaridagi birinçi klass örinlarini namoyiş etdi. Uning taqdimoti 12 noyabr kuni Dubai Airshow xalqaro aviakörgazmasida bölib ötdi. Emirates vakilining sözlariga köra, birinçi va biznes klasslarning yangi dizayni lyuks avtomobillari saloni, aniqroği, S-sinfidagi Mercedes-Benz dizaynidan ilhomlangan holda işlab çiqilgan. 

Ta'kidlanişiça, ayni avtomobillar aviakompaniya tomonidan birinçi klass yölovçilari uçun taksi sifatida foydalaniladi. Albatta, bunday dabdaba arzon bölmaydi. Dubay-Jyeneva va Dubay-Bryussel yönalişi böyiça ikki tomonga çipta narxi 9000 dollar turadi. Şunday qilib, bu pulning bahridan ötsangiz, butunlay yopiq lyuks kupe sizning ixtiyoringizga beriladi. Uning eşiklari yonga oçiladi. U nimasi bilandir dunyoning eng qimmat poyezdlaridagi kupelarni yodga soladi. 

Foto: Boeing 777

Bu lyuks xonaning maydoni 4 m2 dan sal kamroq. Kompaniya ma'lumotlariga köra, örindiq kengaytirilgan holatda bölsa ham kiyiniş uçun joy yetarli böladi. 

Foto: Boeing 777

Kupega kremtusli, kulrang va tillaranglarda işlov berilgan. Ayniqsa çarm örindiqlar, intellektual yoritiş tizimi, va albatta, şaxsiy mini bar ham mijoz xizmatiga şay. Bundan taşqari, har bir kupe 32 dyuymli, sensor ekranli televizorga ega.

Foto: Boeing 777

Salon örtasida joylaşgan kupe yölovçilari uçun «virtual illyuminatorlar» ham yasalgan. Unda samolyot taşqarisiga joylangan kameradan tasvirlar aks etadi. Haqiqiy illyuminatorlar yonidan joy olganlarga durbin ham beriladi. 

Foto: Boeing 777

Surilib oçiladigan eşiklarda maxsus darçaça bölib, u orqali içimlik va gazaklarga buyurtma beriş mumkin.