Sport | 17:25 / 14.11.2017
13098
1 daqiqa o‘qiladi

Sport telekanali BAA-O‘zbekiston uchrashuvini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etadi

O‘zbekiston va BAA terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi Sport telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi. Bu haqda Tribuna.Uz‘ning telekanaldagi manbasi xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, telekanal xodimlari uchrashuv uzatiladigan to‘lqin bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgan va endilikda uchrashuvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin Dubaydagi «Xalifa bin Zayd» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi. Uchrashuvda ishtirok etadigan O‘zbekiston va BAA terma jamoalari tarkiblari e'lon qilingan.

Mavzuga oid