Rossiyaning Birinçi federal telekanalida navbatdagi kutilmagan voqea sodir böldi. Bu gal heç kim uruşga qarşi banner kötarib çiqmadi, ammo 8 yoşli qizçaning telekanal efirida qilgan işini butun mamlakat muhokama qilmoqda. 21 iyun kuni efirga berilgan «Ayol va erkak» körsatuvida 8 yoşli qizaloq bildirmay zöravonlikka uçraganda işlatiladigan maxsus jyestni körsatdi.

Bir qaraşda oddiy kadr
Birinçi telekanalida efirga beriladigan bu tok-şouda oilalardagi turli muammolar haqida söz boradi. Körsatuvning navbatdagi soniga taklif etilgan yolğiz onaning 8 yoşli qizi onasi va singlisini qançalik yaxşi körişini aytiş asnosida qölini singlisining orqasiga ötkazib kameraga körinadigan qilib tört barmoği bilan boş barmoğini siqdi. Bu esa uydagi zöravonlik haqida xabar beruvçi xalqaro jyest hisoblanadi.
Veronika ismli qizaloq bu aynan zöravonlikdan xabar beradigan jyest ekanini biliş yoki bilmasligi aniq emas, ammo qizaloq bu harakatni bir neça marta amalga oşirgani, kameraga göyoki «buni köryapsizlarmi?» degan köyi qarab qöygani qizaloq aynan zöravonlik haqida xabar berganidan dalolat.
Zukko qizaloq
Qizçaning bunday signal berganiga birinçilardan bölib rossiyalik bloger Oleg Kaşin e’tibor qaratdi. «Ayol va erkak» körsatuvida qizça uydagi zöravonlik haqida habar beruvçi jyestni körsatdi. Kuçli harakat», deb yozdi u. Keyinçalik bir muddat Ukrainadagi uruş mavzusidan çalğigan rus mediasi bu mavzuni tahlil qila boşladi. Köpçilik qizçaning zukkoligiga e’tibor qaratdi.
Bu qanday jyest özi?
Koronavirus pandemiyasi vaqtida dunyoning aksar mamlakatlarida odamlarning köçaga çiqişi va jamoat joylarida harakatlanişi taqiqlandi. Köpçilik uyida qolişga majbur böldi va oqibatda uydagi zöravonlik holatlari köpaydi. Ijtimoiy faollar bunday vaqtda zöravonlikdan xabar beriş maqsadida aynan boş barmoqni qolgan tört barmoq bilan siqiş jyestidan foydalaniş kerakligini tarğib qilişdi.




















