Davlat organlari va taşkilotlari faoliyati oçiqligini ta'minlaş böyiça farmonda MTRK va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga manfaatdor davlat organlari va taşkilotlar bilan birgalikda 2021 yil 1 dekabrdan boşlab quyidagi tadbirlarni telekanallar, şuningdek, internet tarmoği orqali jonli efirga uzatilişini ta'minlaş vazifasi yuklangan:

  • Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati majlislari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşi sessiyalari (yopiq majlislar bundan mustasno);
  • taraflar roziligi bilan fuqarolar huquq va erkinliklari hamda jamoat tartibiga tajovuz qiluvçi, aholi soğliğini saqlaş, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiatdan foydalaniş sohasidagi, şu jumladan, davlat xizmatçilarining kasbiy faoliyati bilan boğliq huquqbuzarliklarga oid işlar, şuningdek, ayrim oilaviy nizolarga oid fuqarolik işlari böyiça sud majlislari (yopiq sud majlislari bundan mustasno).

Ma'lumot uçun, bungaça Oliy Majlis Senatining yalpi majlislari jonli efirda uzatilib kelayotgan, biroq Qonunçilik palatasi, Jöqorği Kenges hamda mahalliy kengaşlar majlislarining oçiqligi ta'minlanmagan edi.

Şuningdek, farmon bilan Oliy Majlis palatalariga öz rasmiy veb-saytlarida quyidagi ma'lumotlarni joylaştiriş tavsiya etilgan:

  • parlament nazorati obektlarining hisobotlarini eşitiş natijalari böyiça qabul qilingan qarorlar;
  • Qonunçilik palatasida deputatning har bir qonun (qaror) loyihasini qabul qiliş yoki rad etişdagi, senatorning har bir qonunni (qarorni) ma'qullaş yoki rad etişdagi iştiroki töğrisidagi ma'lumotlar;
  • Oliy Majlis Senati a'zosi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toşkent şahar, tuman va şahar Kengaşlari deputatlari, saylov okruglari hamda ularning elektron poçta manzillari haqidagi ma'lumotlar.

Bundan taşqari, prezident farmoni bilan Oçiq ma'lumotlar sifatida joylaştirilişi kerak bölgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar röyxati ham tasdiqlangan bölib, Aksilkorrupsiya agentligi direktori Akmal Burhonov Kun.uz’ga bergan intervyusida bu haqda batafsil töxtalgan edi.