Örganiş natijalariga köra, eng qoniqarsiz körsatkiç Buxoro viloyatida qayd etilgan. Viloyatda xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşlari tomonidan ötkazilgan jami sessiyalarning 81 foizi – 53 ta sessiyadan 43 tasi jonli translatsiya qilinmagan. Şuningdek, Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi, Navoiy, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida ham uşbu davrda 70 foizdan ortiq sessiyalar jonli efirga uzatilmagan.

Foto: Antikorrupsiya agentligi

Nisbatan yaxşiroq körsatkiç Andijon va Sirdaryo viloyatlarida qayd etilgan: xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlari tomonidan ötkazilgan jami sessiyalarning mos ravişda 36 va 42 foizi jonli translatsiya qilinmagan.

"Natijalar faqatgina viloyat Kengaşlari kesimida tahlil qilinganda, xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengaşi örganiş davridagi barça sessiyalarni töliq jonli efirga uzatgan yagona viloyat Kengaşi böldi. Tuman kengaşlari kesimida esa Toşkent viloyatining xalq deputatlari Bekobod va Böstonliq tuman Kengaşlari tomonidan ötkazilgan barça sessiyalar töliq hajmda jonli efirga uzatilgan", - deyiladi agentlik bayonotida.

Şuningdek, monitoring davomida Internet tarmoği orqali jonli efirga uzatilgan bir qator Kengaş sessiyalarining töliq bölmagan şaklda qisman (bir neça daqiqagina) translatsiya qiliniş holatlari ham kuzatildi.

Aksilkorrupsiya agentligining ma’lum qilişiça, aniqlangan kamçiliklar yuzasidan hududiy Kengaşlarga farmon talablaridan kelib çiqib, kelgusida ötkaziladigan barça Kengaş sessiyalarining jonli efirga uzatilişi lozimligi töğrisida körsatma berilgan.

Ma’lumot uçun, 2021 yil 16 iyunda qabul qilingan «Davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini ta’minlaş, şuningdek, jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmonida 2021 yil 1 dekabrdan boşlab, Qonunçilik palatasi va Senat majlislari, xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşi sessiyalarini telekanallar, şuningdek, Internet tarmoği orqali jonli efirga uzatişni ta’minlaş belgilangan edi.