Dunyoning turli davlatlaridan halol mahsulotlari işlab çiqaruvçi yirik kompaniyalar 16 noyabrda Moskvada ötadigan Moscow Halal Expo körgazmasida iştirok etadilar. Bu haqda tadbir taşkilotçilari ma'lum qilişdi.
“Moscow Halal Expo 2017’da 40 ta davlat kompaniyalari iştirok etadi. Körgazmada Rossiya, Özbekiston, Ozarbayjon, Bruney, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Malayziya, AQŞ, Turkiya, Suriya va Misr kabi davlatlar kompaniyalari va brendlari taqdim qilinadi”, deyilgan xabarda.
Taşkilotçilarning aytişlariça, kompaniyalar orasida nafaqat göşt mahsulotlari işlab çiqaruvçilari, balki qolgan tarmoqlar vakillari ham böladi. Körgazmada, şuningdek, halol şirinliklari, sut mahsulotlari va kosmetika taqdim etiladi. Moscow Halal Expo “Sokolniki” körgazma markazida bölib ötadi.
Halol mahsulotlari musulmonlarning iste'mol qilişlari mumkin bölgan barça mahsulotlar hisoblanadi. Mahsulotning halolliligi standartga moslikka sertifikatlaştirişdan söng tegişli markirovkalaş orqali tasdiqlanadi.
Thomson Reuters va Dinar Standard tahliliy kompaniyalarining birgalikda ötkazgan tadqiqotiga köra, halol oziq-ovqat mahsulotlari industriyasi 2020 yilgaça ikki barobarga ösib, 2,6 mlrd dollarni taşkil qilişi mumkin.













