Afğonistonda köknor ekilgan dalalar soni rekord hajmga yetdi – 328 ming gektar. Bu raqam bir yilda 63 foizga oşdi, deyiladi BMTning narkotiklar va jinoyatçilik böyiça Boşqarmasining yillik hisobotida.

"Köknor ekişning bu darajasi doimiy monitoring boşlanganidan beri (1994 yil) yangi rekord sanaladi hamda 2014 yildagi avvalgi rekorddan 46 foizga yoki 104 ming gektarga köproq", - deyiladi hujjatda.

Tadqiqotga köra, mamlakatda köknor işlab çiqaruvçilar ötgan yili nafaqat mintaqalardagi öz faoliyatlarini kengaytirişdi, balki uçta yangi mintaqani ham “egallab olişdi”: Samangan, Ğazni va Nuriston. Şu tariqa, köknor mamlakatning şimoliy hududlarini ham tobora öz domiga tortmoqda. Natijada mamlakatning atigi 10 mintaqasi köknordan holi bölib qoldi, 24 viloyatda esa bu faoliyat keng kölamda olib borilmoqda, deyiladi hujjatda.

Köknor Afğonistonning eng janubiy viloyati – Hilmondda eng köp işlab çiqariladi, deyiladi hisobotda. Xususan, u yerda köknor maydonlari 144 ming gektarga teng, undan keyin esa Qandahor 28 ming gektar bilan bormoqda.