Bugungi kunda Rossiya va Özbekiston örtasida ta'lim sohasidagi özaro hamkorlik şiddat bilan rivojlanmoqda. Mazkur soha ikki mamlakatning gumanitar hamkorligidagi eng ustuvor yönalişga aylangan. Ayni damda Rossiyada tahsil olayotgan Özbekistonlik talabalar MDH davlatlari orasida umumiy hisob böyiça birinçi örinda turadi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasining Özbekistondagi elçisi Vladimir Tyurdenev “Xalqaro kompaniyalarda milliy kadrlarni tayyorlaş va rivojlantiriş” an'anaviy anjumanidagi nutqi asosida Kun.uz muxbiri ma'lum qildi.
“Özbekiston yoşlari orasida rus tili va madaniyatiga nisbatan bölgan qiziqiş oşib bormoqda. Şuningdek, RF standartlari böyiça oliy ta'lim maskanlarida öqişga bölgan iştiyoq ham ortmoqda. Özbekistondan har yili minglab abituriyentlar Rossiya oliygohlariga öqişga qabul qilinadi. Umumiy hisob böyiça esa Özbekiston MDH davlatlari orasida birinçi örinda (24 mingdan ortiq talaba) turadi”, deya qayd etdi Tyurdenev.
Elçining sözlariga köra, bugungi kunda Toşkentda Rossiyaning uçta universiteti filiallari faoliyat olib bormoqda. Şuningdek, ayni damda Rossiyaning yana boşqa universitetlarining yangi filiallarini oçiş rejaga kiritilgan.







