Italiya terma jamoasi Rossiyaga boriş imkoniyatini boy bergaç, köpçilik bunday voqea oxirgi marta bundan 60 yil oldin sodir bölganiga va qiziği, öşa mundial aynan Şvetsiyada ötganiga urğu berdi. Aslini olganda, Italiya muvaffaqiyatsizligining şvedlar bilan boğliqligi yanada köproq. Italiyalik tajribali muxlislar pley-offda Şvetsiya raqib bölganini eşitganlarida köngilda ozgina ğaşlik paydo bölganini ham taxmin qiliş mumkin.

Xullas, bunday buyoğiga şvedlardan imkon qadar uzoqroq yuriş tavsiya etiladi. 

JÇ-58

Italiya terma jamoasining ilk mundialda qatnaşmaslikni ixtiyor etganini nazarda tutsak, uning saralaşdagi ilk muvaffaqiyatsizligi aynan JÇ-58 ga töğri keladi. Öşa davr uçun Italiya terma jamoasi Urugvay bilan birgalikda ikki karra jahon çempioni sanalardi, demak bu muvaffaqiyatsizlik ham dunyo miqyosidagi sensatsiya sifatida baholangani tabiiy.

Italiya Portugaliya va Şimoliy Irlandiya bilan bir guruhda töp surib, har ikki jamoani öz maydonida mağlubiyatga uçratadi va safarda ularga yutqazadi. Natijada, Portugaliyada durang qayd etişga erişgan şimolliklar mundial yöllanmasini qölga kiritadi. Italiya esa, ilk marotaba mundialdan quruq qoladi. Aynan Şvetsiyaga borişdan. 

YeVRO – 84

1982 yilgi jahon çempionatida ğolib bölgan Italiya terma jamoasi Fransiya-84 yöllanmasini qölga kirita olmagan va öşanda ham Şvetsiya terma jamoasi italiyaliklarga xalaqit bergan ekan. Italiya şvedlarga qarşi har ikki öyinni boy bergan. Ayniqsa, Italiyada bölib ötgan uçraşuvda mehmonlar 3:0 hisobida ğalaba qozonib, öşa öyindan keyin jahon çempionlarining Yevroga boriş imkoniyatlari butkul çippakka çiqqan edi. Şu bilan birga, Şvetsiya uçun bu öyin ahamiyatsiz edi, şu natija bilan ham şvedlarning özi Yevroga bora olmagan, xuddiki, saralaşda faqat Italiyani töxtatib qoliş uçun qatnaşgandek.

YeVRO-92

Bu safar Italiya terma jamoasi yöliga Sobiq Ittifoq töğanoq bölgandi. Bu jamoalardan taşqari saralaş guruhida Norvegiya, Vengriya va Kipr terma jamoalari joy olişgandi. Italiya va SSSR örtasidagi har ikki öyinda hisob oçilmagan bölsa-da, boşqa jamoalar bilan öyinda Viçini şogirdlari köproq oçko yöqotgandilar. Şu tariqa sönggi ikki yirik turnir yarim finalçisi navbatdagi Yevropa çempionatidan quruq qoldi.

Bu voqeaga Şvetsiyaning nima aloqasi bor dersiz? 1992 yildagi Yevropa çempionati final bosqiçi aynan Şvetsiyada bölib ötgandi.