Joriy yilning sentabr oyida Turkmaniston poytaxti Aşxobod şahri mezbonlik qilgan Yopiq inşootlarda va jang san'atlari böyiça V Osiyo öyinlarida Özbekiston sport delegatsiyasi yuksak natijaga erişdi. Ana şu muvaffaqiyatga qoraqalpoğistonlik atletlar ham qator sovrinlari bilan munosib hissa qöşdi.

Nukus şahridagi yangidan bunyod etilgan Olimpiya va milliy sport turlari böyiça ixtisoslaştirilgan oliy sport mahorat maktabida ularni taqdirlaşga bağişlangan marosim ötkazildi. Tadbirda keng jamoatçilik vakillari, murabbiylar, yoşlar qatnaşdi, deb yozadi «Xalq sözi» naşri.

Marosimda söz olganlar mamlakatimizda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirişga, sportçilar hamda ularning murabbiylarini rağbatlantirişga katta e'tibor qaratilayotganini ta'kidlaşdi.

V Osiyo öyinlarida oğir atletika böyiça kuç sinaşgan Rustam Jangaboyev dast kötarişda 199, siltab kötarişda 243, ikkikuraş yakuniga köra 442 kilogramm natija körsatib, oltin medal bilan taqdirlandi. Bundan taşqari, u Qatarning Doha şahrida uyuştirilgan Osiyo kubogi musobaqasida, aprel oyida Turkmanistonda bölib ötgan Osiyo çempionatida ham birinçi örinni egallagandi.

Xalqaro maydonlarda Özbekiston nomini yanada uluğlaşga munosib uluş qöşayotgan Rustam Jangaboyevga tadbirda «Nexia» avtomobilining kaliti tantanali topşirildi.

— Mamlakatimizda biz, sportçilar uçun zamon talablariga mos şart-şaroitlar yaratib berilayotanidan behad xursandmiz, — deydi Rustam Jangaboyev. — Körsatilayotgan yuksak ğamxörlik uçun Prezidentimizdan çeksiz minnatdormiz. Kelgusida ham yurtimiz bayroğini baland kötarişga astoyidil intilamiz.

Şuningdek, V Osiyo öyinlarida bronza medalni qölga kiritgan sportçilar — muaytay böyiça Ubbiniyoz Tureniyazov, erkin kuraşçilar Dauletbika Jaqsimuratova va Sevara Yeşmuratova, ularning murabbiylari Mansur Çaşimov, Qutlimurat Jumanov, Damir Hasanov hamda Nukusboy Daniyarovga televizorlar taqdim qilindi.

Ğolib va sovrindorlarni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi M.Yerniyazov tabriklab, sovğalar topşirdi.