Sport | 09:37 / 12.04.2019
19772
1 daqiqa o‘qiladi

IWF o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Rustam Jangaboyevni sportdan vaqtincha chetlatdi

Foto: KUN.UZ

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi – IWF xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, jahon chempionati sovrindori Rustam Jangaboyevning doping namunasi o‘sish gormoni (hGH) bo‘yicha salbiy tahlil natijalarini bergan.

11 aprel kuni IWF saytida joylashtirilgan xabarda aytilishicha, Jangaboyev antidoping qoidalarini buzgani uchun sportdan vaqtincha chetlatildi.

Qayd etilishicha, agar sportchi antidoping qoidalarini buzmagani aniqlansa, unda bu haqdagi tegishli qaror ham e'lon qilinadi. 

IWF ish yuzasidan surishtiruv jarayoni yakunlanguniga qadar qo‘shimcha ma'lumot bermasligi aytiladi.

Ma'lumot uchun: Rustam Jangaboyev 1993 yil 25 avgust kuni tug‘ilgan, musobaqalarda 105 kilogrammdan yuqori vazn toifasida qatnashadi. 2018 yilgi jahon chempionati sovrindori, 2017 yil Ashxabodda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari chempioni, Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.

Mavzuga oid