Zimbabveda hukmron bölgan Afrika milliy ittifoqi prezident Robert Mugabening rafiqasi va ehtimoliy vorisi Greys Mugabeni partiyadagi öz lavozimini tark etişga çaqirdi, deb xabar bermoqda Herald gazetasi.

Avvalroq, juma kuni partiya viloyat muvofiqlaştiruv qömitalarining öntasidan sakkiztasi Mugabeni mamlakat prezidenti va partiya birinçi kotibi lavozimini tark etişga çaqirgandi.

Naşrning xabar berişiça, Mugabega bunday çaqiriq bilan önta viloyat muvofiqlaştiruv partiya qömitasi uçraşuvida çiqişgan. Şuningdek, uçraşuv qatnaşçilari işdan böşatilgan boş vazir örinbosari Emmerson Mnangagvaning huquqlari tiklanişini talab qilişdi. Ularning ta'kidlaşiça, uning iste'fosi böyiça qaror markaziy qömita tasdiqlovisiz qabul qilingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Mugabe omma oldida köriniş bergani xabar qilingandi.