Maşhur aktyor Harrison Ford yöl-transport hodisasiga uçragan ayolga yordam berdi, deb yozmoqda TMZ.

Xabar qilinişiça, ayolning maşinasi yöl çetidagi ariqqa tuşib ketgan. Undan ortda kelayotgan Ford öz avtomobilidan çiqqan va yöl-transport hodisasiga uçragan ayolga yordam berişga oşiqqan. 

Aktyor uni maşinadan çiqarib oldi hamda tibbiyot xodimlari yetib kelişlarini kutib turdi. Ayol yengil jarohatlar olgani aytilmoqda.