Respublikaga xorijdan import qilinayotgan tovarlar uçun davlat byudjyetiga undiriladigan bojxona tölovlari aslida aholiga iş haqi, stipendiya va nafaqalar tarzida sarf etilişi heç kimga sir emas. Ana şu oddiy haqiqatni tuşunib yetmayotgan, ayrim qöştirnoq içidagi tadbirkorlar esa bojxona tölovlaridan böyin tovlab, şaxsiy manfaatlari uçun turli nayranglarga qöl urişmoqda.
Farğona viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, kuni keça Farğona viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan ana şunday urinişlardan bir neçtasi foş etildi.
Gap şundaki, “Vodil-Farğona” yönalişida harakatlanayotgan Dongfeng rusumli yuk avtomaşinasi çegara nazorat hududlarida kelib ketişi şubhali köringanligi bois, nazoratga olindi. Fuqaro M.Ergaşev boşqaruvida bölgan yuk avtomaşinasi Farğona şahar "Yormozor" MFY hududidagi joylaşgan raqamsiz xonadon içiga kirgan vaqtida töxtatilib, közdan keçirildi.
Natijada avtomaşina bort qismining tagida taşqi tomondan körinmaydigan qilib yaşirin ravişda, bojxona nazoratini çetlab aylanma yöllar orqali olib kirilgan, umumiy qiymati 30 mln. sömlik jami 15.000 dona Orbit nomli saqiçlar borligi aniqlandi.
Şuningdek, uşbu avtomaşina kirgan xonadon közdan keçirilganida, xonadonning yaşaş xonalarida saqlanayotgan, Qirğiziston Respublikasidan bojxona nazoratini çetlab aylanma yöllar orqali olib kirilgan, hujjatlari bölmagan umumiy qiymati 50 mln. sömlik: 78 dona erkaklar jinsi şimi, 210 dona Nestle nomli şokoladlar, 22840 dona Orbit nomli saqiçlar borligi aniqlandi.
Şu bilan birga olib borilgan tezkor tadbir davomida avtomaşina egasi M.Ergaşevning Farğona tumanidagi yaşaş xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirildi, xonadonga kirişda darvozaxonasi yonida muqaddam Qirğiziston Respublikasidan bojxona nazoratini çetlab, aylanma yöllar orqali olib kirilgan, qiymati 6 mln. sömlik 3000 dona Orbit nomli saqiçlar saqlanayotgani aniqlandi.
Ötkazilgan tadbir davomida umumiy qiymati 86 mln.630 ming sömlik tovar moddiy boyliklari aşyoviy dalil tariqasida olindi.
Huddi şunday qonunbuzarlik holati fuqaro A.Mamasidiqov tomonidan ham sodir etildi. Uning boşqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomaşinasida yoqilği quyiş baki içiga umumiy qiymati 108 mln.650 ming sömlik jami 98 dona REDMI 4X markali uyali telefon apparatlari hamda avtomaşina zaxira balonida 1700 dona qoşiq mahsuloti yaşirilgan ekan.
Bojxonaçilarning közini şu tariqa şamğalat qilişga uringan qonunbuzarlar bu usullari bilan davlat byudjyetiga undirilişi lozim bölgan 35 mln. sömdan ortiq bojxona tölovlaridan böyin tovlaşgan.








