Ayni yoz çillasida AQŞning Virjiniya ştati, Aleksandriya şahriga işlab keliş uçun yöl olgan Anvar Xurramov (ism-familiyalar özgartirilgan) köp ötmay restoranlardan biriga oşpaz bölib işga joylaşadi. Iş joyiga yaqin bölgan uydan ijaraga joy ham topadi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Işdan böş paytlarida qöl telefonini titkilab, internetga qiziqib qoladi. Oqibatda diniy ta'limotlarga qiziqib, tarmoq orqali turli ma'lumotlar olişni boşlaydi. Şu tariqa uning uyali telefon apparatining xotirasiga internetning “Telegram” ijtimoiy tarmoğidan olingan, Islom dinini notöğri talqin qiluvçi turli ma'lumotlar töplanadi.
A.Xurramov ana şunday materiallarni 2017 yil 16 yanvar kuni Toşkent xalqaro aeroportida bojxona nazoratidan yaşirib, yurtimizga olib kirmoqçi bölganida qölga olinadi. Uşbu iş yuzasidan A.Xurramovga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, suriştiruv va tergov işlari boşlab yuborildi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita tomonidan berilgan xulosaga köra, Anvar Xurramovdan olib qöyilgan uyali telefon apparati xotirasida noma'lum şaxslar tomonidan islom dinini ğarazli maqsadlarda notöğri talqin qiluvçi hamda diniy aqidaparastlikni tarğib qiluvçi ma'ruzalar mavjud ekanligi aniqlandi.
Yakkasaroy tuman sudi tomonidan Anvar Xurramovga uç yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlandi.











