27 noyabrda Finlyandiyaning poytaxt hududida 10 ming harbiy, qiruvçi samolyotlar, kemalar va boşqa harbiy texnika jalb etilgan holda yirik harbiy maşğulotlar boşlanadi. Bu haqda mamlakat qurolli kuçlarida ma'lum qilingan.
“Maşğulotlar qöşinlarni maşq qildiriş va himoyamiz imkoniyatlarini namoyiş qilişning ajralmas qismi hisoblanadi”, deb aytgan mamlakat armiyasi qömondoni Petri Xalkko.
Maşğulotlar Xelsinki, Espoo, Yarvenpaa, Kerava, Kirkkonummi, Porvoo, Sipo, Siuntio, Tuusula, Vantaa tumanlarida hamda dengizda va Fin körfazidagi arxipelaglarda bölib ötadi.
Ta'kidlanişiça, maşğulotlarda sohilböyi himoyasi qöşinlari, maxsus qöşinlar, Leopard 2A6 tanklari, XA203 harbiy maşinalari, qöllab-quvvatlaş kemalari, Hornet qiruvçi samolyotlari va Hawk maşğulot samolyotlari iştirok etadi.
Ma'lum qilinişiça, maşğulotlar 4 dekabrgaça davom etadi.












