Finlandiya poytaxti Xelsinkida mamlakatdagi eng uzun va eng baland ko‘prik ochildi. Ammo xususiy avtomobillar undan foydalana olmaydi, chunki u faqat piyodalar, velosipedchilar va jamoat transporti uchun mo‘ljallangan.
Kruunuvuorensilta ko‘prigi Korkeasaari oroli va Kruunuvuorenrantu turar-joy hududini bog‘laydi, deb xabar berdi Euronews. Uning uzunligi 1191 metrni tashkil etadi.
Yangi ko‘prik tufayli Kruunuvuorenrantu tumanidan Xelsinki markazigacha bo‘lgan masofa 11 kilometrdan 5 kilometrgacha qisqardi.
«Kruunuvuorensilta ko‘prigi Xelsinkining yangi, noyob va hayajonli diqqatga sazovor joyidir. Yaqin va uzoq joylardan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan tomosha joyi. Yangi ko‘prik Xelsinki haqidagi tasavvurni o‘zgartiradi. U Kruunuvuorenranta va Laayasalo tumanlarini shaharning markaziy qismi bilan yangicha tarzda bog‘laydi», dedi Xelsinki meri Daniel Sazonov.
Uning ochilishiga bag‘ishlangan dam olish kunlarida 50 mingdan ortiq tomoshabin keldi.










