Tailandda 24 noyabrda myanmalik mehnat muhojirlarini Singburi viloyatidan taşib ketayotgan mikroavtobus iştirokidagi yöl-transport hodisasida 14 kişi halok böldi. Bu haqda mahalliy politsiyada ma'lum qilindi.

Huquq-tartibot idoralari ma'lumotlariga köra, avtohalokat viloyatdagi şosselardan birida yuz bergan. Mikroavtobus yöl çetiga qöyilgan yuk maşinasiga urilib, yonib ketgan. Politsiyada ma'lum qilinişiça, barça yölovçilar halok bölganlar.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, YTHga haydovçining uxlab qolişi sabab bölgan. Uşbu voqea yuzasidan taftiş olib borilmoqda.