Tohir Muqimov (ism-familiyalar özgartirilgan) ikki nafar farzandini halol rizq bilan boqayotgan, tartibli kişi edi. Ammo arzimas köngil ranjiş tufayli alamini içkilikdan olmoqçi böldi. U şunday qildi ham. Butun borliqni, hatto nima iş qilayotganini unutdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Oşxonadan çiqib kelarkan, röparada turgan “Damas” uning e'tiborini tortdi. Buni qarangki, maşina egasining e'tiborsizligi tufayli uning kaliti joyida qolgan ekan. Maşinaga ötirgan Tohir gazni bosdi-yu, boşi oqqan tomonga haydab ketdi.
“Közimni oçganimda keng dalada yotganimni, qanday kelib qolganim, oldimda turgan maşina kimniki, qayerdan kelib qolganini bilmadim, - dedi u sud jarayonida. – Qilgan işimdan afsusdaman, voyaga yetmagan farzandlarim bor... Iloji bölsa, yengillik beringlar...”.
Uşbu holatda yaxşiyamki, fojia yuz bermadi. Aks holda, neça oila musibatga, ortiqça taşvişu alamga röbaro‘ bölişi tayin edi.
Ha, “Köza kunda emas, kunida sinadi”. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining tezkor harakatlari tufayli “Damas” egasiga qaytarildi.
Tohir Muqimov esa Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan aybdor, deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Jinoyatga jazo muqarrar. Oddiy turmuş taşvişlaridan alamzadalik yasab, içkilikka oşno tutungan T.Muqimov singari kişilarga bu kabi voqealar saboq bölsa ajab emas.












