Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha:
1. 1-bandning uchinchi xatboshisi qo‘yidagi tahrirda bayon etildi:
“investitsiya faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan rezidentlar tomonidan chet eldagi o‘z filiallarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish;”.
2. 2-banddagi “Vakolatli banklar» degan so‘zlar “Tijorat banklari» degan so‘zlar bilan almashtirildi.
3. 3-banddagi “vakolatli banklar” degan so‘zlar “tijorat banklari” degan so‘zlar bilan almashtirildi.
4. Quyidagi mazmundagi 6(1)-band bilan to‘ldirildi:
“6(1). Quyidagi operatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi:
10 000 AQSh dollari ekvivalentidan yuqori bo‘lgan summada chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirish - rezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlaridan chet eldagi korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish (yoki ulushli ishtirok etish), chet eldagi o‘z filiallarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish uchun chet elga mablag‘lar o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan norezidentlarga kreditlar va pul, tovarlar (xizmatlar) ko‘rinishidagi qarzlar hamda lizing obektlarini berish;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisobvaraqlardan mablag‘larni chet eldagi hisobvaraqlarga (omonatlarga) joylashtirish hamda ko‘chmas mulkni sotib olish uchun o‘tkazish ”.
5.7-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “vakolatli bankka” va “vakolatli bank” degan so‘zlar tegishlicha “tijorat bankiga” va “tijorat banki” degan so‘zlar bilan almashtirildi.
6. 8-banddagi “vakolatli banklarga” degan so‘zlar “tijorat banklariga” degan so‘zlar bilan almashtirildi.
7. 9-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “vakolatli bank” va “vakolatli bankni” degan so‘zlar tegishlicha “tijorat banki” va “tijorat bankini” degan so‘zlar bilan almashtirildi.
8. 10-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “vakolatli bank” va “vakolatli bankning” degan so‘zlar tegishlicha “tijorat banki” va “tijorat bankining” degan so‘zlar bilan almashtirildi.
9. 11-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilaridagi “vakolatli bankka” degan so‘zlar “tijorat bankiga” degan so‘zlar bilan almashtirildi.
10. 12-band quyidagi tahrirda bayon qilindi:
“12. Rezidentning asosiy depozit hisobvarag‘i boshqa tijorat bankiga o‘tkazilgan taqtsirda, keyingi valyuta operatsiyalarining hisobi rezidentning asosiy depozit hisobvarag‘i o‘tkazilgan tijorat banki tomonidan yuritiladi.
Rezidentning valyuta operatsiyalari bo‘yicha hujjatlari tijorat banklari o‘rtasida tuziladigan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida o‘tkaziladi.
Dalolatnomaga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rezidentning yakunlangan valyuta operatsiyalari to‘g‘risidagi hamda boshqa tijorat banklaridan olingan ma'lumotlar ilova qilinadi.”.
11. Nizomning 1 va 2-ilovalaridagi “vakolatli bankning” degan so‘zlar “tijorat bankining” degan so‘zlar bilan almashtirildi.
Mavzuga oid
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
11:36 / 04.08.2024
Bitcoin va dollar arzonlashdi, oltin qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi
21:38 / 10.07.2024