2025-yilning yanvar–iyul oylarida chet el valyutasiga bo‘lgan jami talab 32,5 mlrd dollarni tashkil etgan edi.

Joriy yilning yetti oyida yuridik shaxslar tomonidan 30 mlrd dollarlik chet el valyutasi xarid qilingan. Jismoniy shaxslar xaridi esa 8,2 mlrd dollarni tashkil etgan.

Shu bilan birga, ichki bozorda chet el valyutasi taklifi ham sezilarli oshgan. Yuridik va jismoniy shaxslarning jami valyuta taklifi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,2 mlrd dollarga yoki 28 foizga ko‘payib, 33 mlrd dollarga yetgan.

Xususan, yanvar–iyul oylarida aholi tijorat banklariga 14,6 mlrd dollarlik chet el valyutasini sotgan. Yuridik shaxslar tomonidan sotilgan valyuta mablag‘lari esa 18,4 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Hisobot davrida valyuta ayirboshlash kursi bir AQSh dollari uchun 11 910 so‘mdan 12 320 so‘mgacha bo‘lgan diapazonda tebrangan. Yetti oy yakunlariga ko‘ra, milliy valyuta AQSh dollariga nisbatan qariyb 0,4 foizga mustahkamlangan.

Almashuv kursi tebranuvchanligi o‘rtacha 32 so‘m yoki 0,27 foizni tashkil etgan. 2025-yilning yanvar–iyul oylarida bu ko‘rsatkich 28,2 so‘m yoki 0,22 foizga teng bo‘lgan.