Şveytsariyalik maşhur tennisçi Rojyer Federer Bazel universitetining faxriy doktor unvonini oldi.
Endi “Maestro” tennisçining yagona taxallusi emas.
Universitetning tibbiyot fakulteti Federerga uşbu unvonni uning Bazel va mamlakat nufuziga qöşgan hissasi va xayriya işlari uçun topşirdi.
“Men bu mukofotni olganimdan “Katta dubulğa” musobaqalarini yutgandek xursandman”, deb aytdi Federer.
36 yoşli sportçining xayriya jamğarmasi Afrikada ta'limni rivojlantiriş bilan şuğullanadi. Federer jamğarmasining 14 yillik faoliyati davomida 850 mingdan köproq bola bepul ta'lim oliş imkoniga ega bölgan.
Avvalroq Federer GQ jurnali talqiniga köra, sayyoramizning eng nufuzli erkaklari öttiztaligidan joy olgandi. “Maestro” mavsum davomida 7 ta musobaqa, jumladan “Katta dubulğa”ga kiruvçi Australian Open va Uimbldonda ğolib böldi. Bu ğalabalar evaziga şveysariyalik sportçi 2017 yilgi mavsumni ATP reytingida 2-örin bilan yakunladi.












