Tel-Aviv sudi UberDAY va UberNIGHT taksi xizmatlariga Isroil hududida işlaşni taqiqladi. Jerusalem Post naşri ma'lumotlariga köra, taqiqlov 28 noyabrdan, Haaretz naşri ma'lumotlariga köra esa 29 noyabrdan kuçga kiradi.
Uber’ga qarşi sudga da'vo arizasini Isroil transport vazirligi bergan. Vazirlik vakillari Uber’ning bir qism xizmatlari litsenziyasi va suğurtasi bölmagan haydovçilar tomondan taqdim qilinişidan aççiqlanişgan.
Isroil Uber‘ning asosiy raqobatçilaridan biri Gett’ning asosiy bozori hisoblanadi. Gett boş qarorgohi Tel-Avivda joylaşgan. Haaretz ma'lumotlariga köra, Gett hisobiga Isroildagi barça taksiga buyurtmalarning 28 foizi, ya'ni yiliga 20 mln çaqiruv töğri keladi.
Avvalroq Uber xizmati Fransiyada noqonuniy va nohalol raqobat, Italiyada haydovçilarda litsenziya, Londonda esa korporativ mas'uliyat yöqligi sababli taqiqlangandi.












