Joriy yil 16 noyabr kuni Böstonliq tumanida noma'lum şaxs uyda heç kim yöqligidan foydalanib, deraza romini buziş yöli bilan kirib, Z.M.ning uyi yotoqxonasidan tört million yuz ming söm pul va umumiy narxi taxminan bir million beş yuz ming söm bölgan zargarlik buyumlarini öğirlab ketgan. Bu haqda jabrlanuvçi tuman IIBga ma'lum qilgan.
Uşbu holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Böstonliq tumanida yaşovçi 8-sinf öquvçisi, 2003 yilda tuğilgan S.O‘. sodir etganligi aniqlangan va öğrilikda gumon qilinayotgan voyaga yetmagan şaxs uşlangan.
Ayni vaqtda tergovni Toşkent viloyati Böstonliq tumani IIB olib bormoqda.











