AQŞ prezidenti Donald Tramp CNN telekanalining Oq uydagi jurnalistlar qabulini boykot qilişiga şunday çora bilan javob berişga çaqirdi.
Avvalroq CNN telekompaniyasi Oq uyda Christmas bayrami munosabati bilan an'anaviy jurnalistlar qabulida iştirok etmasligini ma'lum qilgan edi. Telekanal Trampga nisbatan noroziligini şu tarzda ifodalaşga qaror qilgan.
"Ajoyib, biz soxta xabarlar CNN kanalini boykot qilamiz. Ular bilan hamkorlik qiliş – bu vaqtni behuda sovurişdir!", — deb yozdi Tramp Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning Twitter sahifasida qoldirgan izohiga javob berar ekan. Sanders "Christmas erta kelmoqda! Nihoyat, CNN telekanalidan yaxşi yangilik", deb yozgan edi.
Oq uyda OAV vakillarining qabuli 1 dekabr kuni bölib ötadi.








