28 noyabr oqşomida Ispaniya Kubogining 1/16 finalida javob uçraşuvlari ötkazildi. 5ta öyindan keyin keyingi bosqiçga çiqqan 5 jamoa nomi ma'lum böldi.

Madridning «Real» klubi «Fuenlabrada» bilan öynadi. «Santyago Bernabeu» stadionida keçgan uçraşuvda durang hisob qayd etildi - 2:2.

«Qaymoqranglilar» safida Borxa Mayoral dubl qayd etdi, mehmonlar safida Luis Milya va Alvaro Portilya gol urişdi. 

«Real» yarim himoyaçisi Garet Beyl ikki oydan buyon ilk marta maydonga tuşdi. 62-daqiqada maydonda paydo bölgan uelslik futbolçi töpga birinçi teginişidayoq golli pas muallifiga aylandi.

Madrid klubi birinçi öyinda 2:0 hisobida ğalaba qozongandi va jamoa endi 1/8 finalga yöl oldi.

Şuningdek, «Selta» va «Levante» ham keyingi bosqiçga çidi. Vigoliklar jamoasid«Eybar»ni öz uyida taslim etdi — 1:0. Xuana Karlos Unsue şogirdlari birinçi öyinda ham ğalaba qozongandi — 2:1. «Levante» «Jirona» bilan durang öynadi, ammo safarda 2:0 hisobida ğalaba qozongani uçun keyingi bosqiçga çiqadigan böldi.

«Malaga» «Numansiya» bilan durang öynadi, Malagadagi «La-Rosaleda» stadionida keçgan uçraşuvda tomonlar bittadan gol urişdi - 1:1.

18-daqiqada Adrian Gonsales mezbonlarni oldinga boşlagandi, ammo ikkinçi bölim boşida Unai Elxesabal hisobni tenglaştirdi.

Birinçi uçraşuvda «Numansiya» 2:1 hisobida ğalaba qozongandi va şu tufayli jamoa keyingi bosqiçga ötdi, «Malaga» turnirni tark etadigan böldi.

1/16 finalning yana bir uçraşuvida «Leganes» «Valyadolid»ni mağlubiyatga uçratdi - 1:0. Birinçi uçraşuvda ham 2:1 hisobida ğalaba qozongan «Leganes» keyingi bosqiçda öynaydigan böldi.

Bugun turnirning uşbu bosqiçida yana 11ta öyin ötkaziladi, «Barselona» «Mursiya» bilan, «Sevilya» «Kartaxena» bilan öynaydi.

Ispaniya Kubogi
4-raund
Javob uçraşuvlari

Real Madrid – Fuenlabrada 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 25 Millar, 1:1 – 62 Mayoral, 2:1 – 70 Mayoral, 2:2 – 89 Portilya.