Turkiya hukumati 360 kişi, şu jumladan, 343 harbiy xizmatçini qölga oliş böyiça order berdi. Ular ötgan yil iyul oyida amalga oşirilgan harbiy davlat töntarişiga urinişga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, deb xabar qilmoqda Haberturk telekanali.

Ma'lumotlarga köra, gumonlanganlarni uşlaş böyiça amaliyot Istanbulda amalga oşirilmoqda. 

2016 yil 15 iyuldan 16 iyulga ötar keçasi Turkiya qurolli kuçlarining bir guruh ofitserlari va askarlari davlat töntarişini amalga oşirişga uringan edi. Asosan, Anqara va Istanbulda röy bergan voqealarda 250 kişi hayotdan köz yumgan, 2 mingdan ortiq inson jarohatlangan edi.