27 noyabr kuni Lebap viloyatiga amaliy taşrif bilan kelgan Turkmaniston prezidenti Lebap viloyati ma'muriy-hududiy bölinişiga özgartirişlar kiritiş haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bergan.
«Xronika Turkmenistana» naşrining xabar berişiça, mamlakatning birinçi prezidenti Saparmurod Niyozov şarafiga nomlangan ba'zi hududlar qayta nomlandi yoki tugatildi.
Xususan, Beyik Turkmanboşi nomidagi tuman tugatildi, uning hududi Dovletli tumaniga berildi. Niyozovning otasi şarafiga nomlangan Otamurod tumani va Otamurod şahri Kerki tumani hamda Kerki şahri etib özgartirildi.
Sardorobod tumani (Sardor – S.Niyozovning unvonlaridan biri) Çorjou tumaniga özgartirildi.
Bundan taşqari, Lebap viloyatining boşqa tumanlari, posyolkalari hamda şaharlari tugatildi yoki qayta nomlandi.








