Antivirus dasturlari işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi ESET kompaniyasi mutaxassislari Android’da işlovçi mobil qurilmalar egalariga bank troyan virusi BankBot xavf solayotganidan ogohlantirişdi.

Bu virus izlari pasyans öyinlarida, telefon xotirasini tozalovçi dasturlar va smartfonni fonarçaga aylantiruvçi Sea FlashLight, Tornado FlashLight va Lamp For DarkNess dasturlarida aniqlangan.

Dastur yuklangandan keyin smartfondagi mavjud dasturlarni tahlil qilib, bank dasturlari aniqlanganda, administrator huquqlari berilişini söraydi. Söngra virus yaşirin rejimda yangilanma körinişi ostida troyan virusini xotiraga yuklaydi.

Bank dasturi oçilganda BankBot şaxsiy kabinetning login va paroli kiritilişini talab qiluvçi soxta darça çiqaradi. Foydalanuvçi ma'lumotlarni kiritişi bilanoq xakerlar uning bank hisob raqamiga kiriş imkoniyatini qölga kiritişadi.