1-2 dekabr kunlari «Qamçiq» dovonining A-373 «Toşkent-Öş» avtomobil yölida vaqti-vaqti bilan kuçli qor yoğişi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Şuningdek qayd etilişiça, tuman tuşadi, yölning köriniş çegarasi 50-100 metrni taşkil qiladi. Şamol tezligi 17-22 m/s.gaça kuçayadi, yölda qor uyumlari töplanib, yaxlaydi.

2-3 dekabr kunlari havo harorati keskin pasayadi, keçasi 12-17 daraja, kunduzi 7-12 darajagaça sovuqni taşkil etadi.

«Ob-havoning keskin pasayişi va yölda harakatlanişda noqulayliklar tuğilişini inobatga olib, yölda ehtiyot çoralarini körişingizni söraymiz», - deyiladi FVV xabarida.