Özbekistonlik taniqli bloger, ayni paytda AQŞda istiqomat qilayotgan Nodir Zokirov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Özbekistonda turizmni rivojlantiriş böyiça öz mulohazalarini post sifatida taqdim etdi. Bir töqima sayohatnoma misolida eng muhim omilga e'tibor qaratgan bloger mobil ilovalardan samarali foydalaniş samaralari haqida fikr bildirgan.

«Yakşanba kuni qahvaxonada ötirib, A mamlakatiga sayohat qilişni rejalaştirdik. Şunday qilib, Orbitz ilovasi orqali aviaçipta sotib oldik, birdaniga bir neçta şaharda tunaş uçun Airbnb ilovasi orqali joylarni band qiliş imkoni bor.

Internetda körsatilgan veb-sayt orqali (temiryöl kassasida pasport hujjatini taqdim etmay) temiryöl qatnovi uçun çipta xarid qildik. Aeroportdan çiqişimiz bilan Uber ilovasi orqali buyurtma qilingan taksi bizni kutib oldi.

Şahar markazida joylaşgan, Airbnb platformasi orqali band qilingan barça qulayliklarga ega uyga örnaşdik. Heç kimga pasportni körsatiş, oşiqça röyxatlardan ötişning keragi ham yöq. Xuddi şaxsiy uyimga kelgandek, özimni yengil his etdim.

Birozdan söng, köça aylanişga otlandik. Bu safar bizga TripAdvisor ilovasi yordam beradi, u barça diqqatga sazovor joy va muzeylarni, jumladan uşbu binoga ryukzak bilan kiriş mumkin emasligini ham biladi. Buning ustiga tölov va iş vaqti aniq körsatilgan.

Tuşlik vaqti bölgaç, Yelp ilovasi yaqin atrofda joylaşgan sifatli va şirin taomlarni tayyorlab beradigan tamaddixonani körsatib yubordi. Restoranga yetib borgunça, oşpazlar biz tanlagan ovqatni tayyorlaşga uringandi. Butun şahar böylab harakatlanişda Google Maps navigatsiyasi asqotdi.

Keçki sayr uçun Enterprise Rent-A-Car orqali maşina ijaraga oldik. Mahalliy tilni yaxşi tuşunmaganim uçun Translate Google orqali muloqot qilaverdim.

Sayohatimiz va körganlarimizni ijtimoiy tarmoqdagi sahifamga #VisitUzbekistan heştegi bilan joylab bordim. Aytgança, heç kim biror hududda suratga tuşişni taqiqlamadi. Militsiya jilmayib biz bilan suratga tuşişga rozi böldi!.

Agar e'tibor qilgan bölsangiz, bu töqima hikoyada yaqqol ajralib turgan omil - mobil ilovalar! Agar biz şu paytgaça yevropalik keksa sayyohlarni (yildan-yilga kamayib borayotgan) mamlakatga jalb etiş ustida boş qotirgan bölsak, endilikda maşina sotib oliş, uy-joy uçun jamğarma yiğmaydigan, tasodifiy va arzon sayohatlarni sevguvçi yoşlarni ham ölkamizga rom etişni öylaş kerak.