Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya vazirlariga Kaspersky antivirusidan foydalanish taqiqlandi
Buyuk Britaniya Kiberxavfsizlik milliy markazi milliy xavfsizlik masalalariga mas'ul bo‘lgan idoralarga «Kasperskiy laboratoriyasi» tomonidan ishlab chiqilgan antiviruslardan foydalanishni taqiqladi.
Financial Times nashrining yozishicha, Kiberxavfsizlik bo‘yicha milliy markaz Birlashgan Qirollikning barcha vazirliklariga maktub yo‘llagan. Unda vazirliklar rahbarlari «Kasperskiy laboratoriyasi» dasturlari Rossiyaning G‘arb mamlakatlarida josuslikni kuchaytirishga intilayotgani e'tiboridan xavflidir.
«Agar ma'lumot milliy xavfsizlikka doir bo‘lsa, Rossiya antivirusidan foydalanmaslik kerak», — deyiladi razvedkaga qarshi MI5 xizmati rahbarlari imzolagan maktubda.
Bu Britaniya mxsus xizmatlarining Kaspersky antivirusiga birinchi marta e'tibor qaratishi emas. Noyabr oyi o‘rtalarida FT gazetasi, Barclays bankining rahbarlarining Rossiya antivirusidan foydalanishi borasida xavotirlarini bildirgan edi.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026