Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining qarori bilan Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvçilariga mikrokreditlar beriş tartibi töğrisidagi nizomning 9-bandiga özgartiriş kiritildi. Hujjat Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 28 noyabrda röyxatdan ötkazildi, röyxat raqami 2758-1.

Özbekiston Respublikasining «Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida»gi Qonuni hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi PQ-3270-sonli «Respublika bank tizimini yanada rivojlantiriş va barqarorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Boşqaruvi qaror qildi:

1. Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Boşqaruvining 2016 yil 16 yanvardagi 1/10-son qarori (röyxat raqami 2758, 2016 yil 3 fevral) (Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari töplami, 2016 y., 5-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvçilariga mikrokreditlar beriş tartibi töğrisidagi nizomning 9-bandi birinçi xatboşidan «, bankning imtiyozli kreditlaş jamğarmasi hisobidan mikrokredit ajratilgan taqdirda Markaziy bankning qayta moliyalaş stavkasining 50 foizi miqdorida» degan sözlar çiqarib taşlansin.

2. Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuçga kirdi.