30 noyabr kuni Turkmanistonning Özbekistondagi elçixonasida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning yangi kitobini taqdimoti bölib ötdi. "Turkmaniston - Buyuk Ipak yöli yuragi" deb nom olgan mazkur kitob taqdimot marosimida davlat arboblari, elçilar, professorlar, akademiklar va OAV xodimlari iştirok etişdi. 

Turkmanistonning Özbekistondagi elçisi Şiri Şiriyev yiğilgan mehmonlarga kitobning mazmun-mohiyati bilan taniştirdi, Turkmanistonning Buyuk Ipak yölida tutgan örni, qöşni mamlakatlar bilan uzoq yillardan beri şakllanib kelayotgan döstona aloqalari haqida ta'kidlab ötdi. 

Şuningdek, brifing çoğida Xitoy Xalq Respublikasining Özbekistondagi elçisi  Sun Litsze, siyosiy fanlar nomzodi Zebo Zaripova, olim va akademik Ahatjon Xöjayevlar ham sözga çiqişdi. 

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning "Turkmaniston - Buyuk Ipak yöli yuragi" asari olti bölimdan iborat: “Jayhun böylab”, “Qadimgi Marv”, “Saraxs va Anau oraliğida”, “Nisadan Dehistongaça”, “Qadimiy Daşovuz yerlarida” hamda “Mö'jizaviy dunyo”. Kitobda Buyuk Ipak yölining rivojlaniş tarixi va uning xalqlar örtasida savdo aloqalarini taraqqiy topişi, qöşniçilik munosabatlarini şakllantirişdagi roli hikoya qilinadi. 

Mazkur qöllanmada keltirilgan tarixiy ma'lumotlar Buyuk Ipak yöli tarixi va madaniyatini ilmiy jihatdan örganmoqçi bölgan insonlar uçun juda muhim adabiyot böla oladi. 

Kitob muallifi öz asarida Turkmanistonning iqtisodiy muvaffaqiyatlari, milliy iqtisodiyotning strategik sohalaridagi katta loyihalarni amalga oşirilişi haqida batafsil faktlarni keltirib ötadi. Zamonaviy Turkmanistonning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi asosiy yönalişlari töğrisida aniq tafsilot beriş orqali yangi naşr turkman jamiyati oldida turgan maqsad va vazifalarni yaqinroq tuşunişga yordam beradi.