Özbekiston va Rossiya örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanib bormoqda. 2016 yilda mamlakatlararo tovar aylanmasi 4,2 milliard dollarni taşkil qildi. Joriy yilda bu körsatkiçni 5 milliard dollarga yetkaziş rejalaştirilgan. 2017 yilning ilk 9 oyida Özbekiston va Rossiya örtasidagi tovar aylanmasi 2,4 milliardni taşkil qilgan, bu ötgan yilning xuddi şu davriga nisbatan 23 foizga köp demakdir. KUN.UZ muxbiri Rossiya Federatsiyasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Vladimir Tyurdenevning sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

"Özbekistonda Rossiya kapitali iştirokidagi 900dan ziyod korxonalar faoliyat yuritmoqda. Rossiya hududida esa taxminan 500 özbek sub'yekti mavjud. Rossiyaning bugungi kunga qadar Özbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi 7 milliard dollardan oşadi. U Özbekistonning yetakçi savdo hamkoridir", - deydi elçi. 

Şuningdek, Özbekiston hududida Rossiya iştirokidagi eng yirik sarmoyaviy loyihalar qatorida Qandim gazni qayta işlaş zavodi, Jizzax neftni qayta işlaş zavodi, Toşkent viloyatida mis-boyitiş kompleksini quriş, Bekoboddagi metallurgiya kombinati va Ohangarondagi sement zavodini modernizatsiyalaş, "Gazprom"ning Qoraqalpoğiston va Surxondaryodagi faoliyatini yölga qöyiş ustida birgalikda işlar olib borilayotgani ta'kidlandi. 

Vladimir Tyurdenev Özbekiston va Rossiya örtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollaşganini alohida qayd etdi. "Yaqinda Jizzax viloyatining Foriş poligonida ötkazilgan Özbekiston-Rossiya harbiy maşğulotlari buning tasdiği bölib xizmat qiladi. Şuningdek mintaqaviy xavfsizlik masalalari böyiça  Özbekiston-Rossiya yuksak darajadagi idoralararo maslahatlaşuvi ham şu maqsadlarga yönaltirilgan", - dedi u. 

"Özbekiston-Rossiya hamkorligining ustuvor qirralaridan biri madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikdir. Ötgan yili Özbekistonda Rossiya kunlari muvaffaqiyatli ötdi, joriy yilning sentabrida esa - Rossiyada Özbekiston kunlari. Nukus javohiri Savitskiy nomli davlat  muzeyining Moskvadagi körgazmasi yorqin hodisa böldi. Mariinskiy teatri konserti, rossiyalik opera xonandasi Anna Netrebkoning konserti va köplab boşqa tadbirlar ötkazildi. 

Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida butun Rossiya patriarxi Kirillning Özbekistonga taşrifi mamlakat hayotida muhim voqea böldi.