Ukraina boş prokurori Yuriy Lutsenkoning ma'lum qilişiça, mamlakat korrupsiyaga qarşi milliy byurosining AQŞ FQB bilan hamkorligi noqonuniy bölgan. Bu haqda UNIAN xabar bermoqda.
Avvalroq Ukraina korrupsiyaga qarşi milliy byurosi rahbari Artyom Sitnik özining mahkamasi FQB bilan Ukraina migratsiya xizmatidagi korrupsiya va qahraboni noqonuniy ravişda qazib oliş işi böyiça ötkazilgan suriştiruv doirasida hamkorlik qilganini aytib ötgandi.
«Agarda u bu haqda ma'lum qilgan bölsa, umuman şunday savol paydo böladi - «kim xorijiy maxsus xizmatining Ukraina hududidagi amaliyotiga ruxsat berdi». Qöşma amaliyot, u aytayotganidek, tegişli jarayonlarsiz noqonuniy sanaladi», - deya aytib ötdi Lutsenko.
Şuningdek uning ma'lum qilişiça, «Sitnikning özidagi ança katta muammolarni yaşiriş xohişini juda yaxşi tuşunadi».












