Jahon | 17:10 / 05.12.2017
10636
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an tahdid qildi, Isroil bilan diplomatik aloqalar uzilishi mumkin 

Foto: RIA "Novosti"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzish bo‘yicha tahdid qildi, bu AQSh al-Qudsni uning poytaxti sifatida tan olsa yuz berishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Al-Quds – bu musulmonlar uchun qizil chiziq. Bunday qaror butun insoniyat uchun og‘ir zarba bo‘ladi. Biz buni shunchaki qoldirmaymiz. Amerikada bundan boshqa muammolar qolmadimi? Biz so‘nggi lahzaga qadar kurashamiz. Hattoki Isroil bilan diplomatik aloqalarning uzilishiga ham yetib borishi mumkin. Men Amerikani yana bir bor ogohlantirmoqchiman – mintaqadagi inqirozni chuqurlashtirishi mumkin bo‘lgan qadamlar qo‘yishdan tiyiling», - deya aytib o‘tdi Erdo‘g‘an Turkiya hukmron partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida nutq so‘zlab.

Uning ta'kidlashicha, agarda AQSh al-Qudsni poytaxt sifatida tan olish bo‘yicha qaror qabul qilsa, u holda yaqin vaqt ichida Islom hamkorlik tashkiloti yetakchilari «butun musulmonlar dunyosini harakatga keltiradi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlar hukumati yaqin kunlar ichida Vashington al-Qudsning Isroil poytaxti sifatidagi maqomini tan olishi yoki olmasligi haqida xabar berishi ma'lum bo‘lgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid