Amazon'ning bozordagi raqiblarga nisbatan qat'iy pozitsiyasi hamda ştatdagi robotlar sonini inobatga olib, Quartz naşri kompaniya haqiqatda köproq iş örinlari yaratayaptimi yoki yöqligiga doir taqdqiqot ötkazdi. 

Savdodagi umumiy, şuningdek, Amazon'dagi iş örinlari böyiça ma'lumotlar tahlilidan quyidagi xulosalarga kelindi:

Agar hozirgi tendensiyalar yil oxiriga qadar davom etişini taxmin qilsak, Amazon bilan bir sohada işlovçi korxonalarda (ya'ni Amazon bilan raqobatga kirişuvçi kompaniyalarda)gi xodimlar soni yiliga taxminan 1 foizga pasayadi. Bu 170 ming kişi degani.

Amazon ştatining kengayişi sohadagi boşqa kompaniyalardagi yöqotişlarni töldiradigan darajada emas. Amazon xodimlari soni 2017 yilda taxminan 146 mingga, ya'ni 43 foizga oşadi (Whole Foods işçilarini hisobga olmaganda). Hatto şunday agressiv ösişda ham savdo gigantining faoliyati natijasida işsiz qolganlar soni baribir 24 ming nafarligiça qolmoqda. 

Amazon joriy yilda 55 ming robotni işga oldi. Törtinçi çorakda ularning soni taxminan 20 mingtaga köpayadi, 2017 yilda - jami 75 ming robot. Ştat qisqarişi va robotlar örtasidagi sababli boğlanişni isbotlaşga hojat ham yöq, lekin fakt faktligiça qoladi - 24 ming kişi işsiz qoladi, 75 ming robot işga kirişadi. Bugunga kelib korporatsiyaning dunyo böylab barça korxonalarida taxminan 100 ming robot faoliyat yuritadi. 

Amazon kompaniyasining ştati har yili 40 foizga ösadi. 2016 yil oxirida u AQŞning eng yirik iş beruvçilari röyxatida sakkizinçi örinda bölgan bölsa, bugungi kunda kompaniya sekin-astalik bilan, lekin töğri yöldan yuqorilab bormoqda. Ikkinçi ştab-kvartira yana 50 ming kişini iş bilan ta'minlaydi. 

Kompaniyaning ösişi va samaradorligi — uning aksiyalari narxi oşib borayotganining asosiy sababi. Amazon robototexnikaga sarmoyalarni köpaytirmoqda, Quartz prognozlariga köra, yil oxiriga borib maşinalar kompaniya ştatining 20 foizini taşkil qiladi. 

Milliy savdo federatsiyasi (NRF) prognozlariga muvofiq, 2017 yilda çakana savdodagi sotuvlar 4 foizga ösadi. Onlayn-şopping yanada tezroq - yiliga 10 foizga ösib bormoqda. Amazon'ning Amerikadagi biznesi bu ösişning 35 foizini taşkil qiladi. Wall Street tahlilçilarining hisob-kitoblariga köra, onlayn-sotuvlar ösişining 51 foizi Amazon zimmasiga töğri keladi. Kompaniyaning ösib borayotgan robotlar armiyasi nafaqat qulay va foydali, balki yuqori darajada samarali hamdir, bu esa ularning işçi örinlardan odamlarni siqib çiqarişda davom etişidan dalolat beradi. 

McKinsey tahlilçilari tadqiqotiga muvofiq, 2030 yilga borib, avtomatlaştiruv butun dunyo böylab 400-800 million kişini işdan mahrum qiladi. Aholi darhol qayta öqişiga töğri keladi, lekin davlat tomonidan qöşimça imtiyozlarsiz buning iloji yöq.