Bolani öqişga qiziqtirişda nima uçun mukofotlar bilan rağbatlantiriş iş bermaydi, uning örniga qanday yöl tutiş kerakligini bilmoqçi bölsangiz, "Layfxaker"ning quyidagi tavsiyalari siz uçun.

Içki va taşqi motivatsiyani tanlaymiz

Içki motivatsiya haqida kamdan-kam boş qotiramiz. Bizning samimiy xohiş-istaklarimiz, holatimizni tuşuntiriş uçun birgina söz yetarli - "istayman". Bolalar özlariga yoqadigan guruhning qöşiğini bajonidil tinglaşadi, öz qöllari bilan biror narsa yasaşadi yoki sarguzaşt romanlar öqişadi, çunki ularga şunday qiliş yoqadi.

Taşqi motivatsiya har xil böladi - çöntak pullaridan tortib, to maktabdagi baholargaça. Buni bir gap bilan izohlaş mumkin: "Mana bunday qilsang, buni qölga kiritasan".

Psixolog Alfi Kon "Mukofot bilan jazolaş" kitobida nafaqat ota-onalarni, balki öqituvçilarni ham turli imtiyozlarni qöllaşdan ogohlantiradi. Ba'zi ota-onalar farzandi yaxşi öqişi uçun hayvonot boğiga olib borişni va'da qilişadi, boşqalari qimmatbaho gadjyetlarni xarid qilişadi va hatto pul ham berişadi. Muammo şundaki, bu usul iş bermaydi: öquvçi şunday öqişda davom etaveradi, boz ustiga, va'da qilingan narsaga erişa olmagani uçun yaqinlaridan xafa ham böladi!

Foto: Layfxaker

Öqituvçilar körinişidan olijanob usullar bilan iştiyoqni oşirişga harakat qilişadi: turli maqomlar (oyning eng yaxşi öquvçisi) joriy qilişadi, yaxşi öqiydiganlar uçun imtiyozlar yaratişadi. Köpinça şunday böladi: oyning eng yaxşi öquvçisi asosan bir öquvçi böladi, imtiyozlar esa odatda tarkibi özgarmaydigan öquvçilar doirasiga beriladi. Qolgan öquvçilar esa özlarini omadsizdek his qilişadi.

Nima uçun taşqi motivatsiyani oşiriş iş bermaydi?

Biz "Mana bunday qilsang, buni qölga kiritasan", degan paytimizda bola dastlab va'dani iştiyoq bilan qabul qiladi. Şu bilan birga, unda özini özi himoyalaş instinkti ham işga tuşadi.

Bola muammoni hal qilişning ijodiy usulini emas, eng işonçli va qisqa yölini izlay boşlaydi.