Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Çorvoq» erkin turistik zonasi taşkil qiliş töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.
Farmon matniga köra Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Toşkent viloyat hokimligi, «Milliy energiya saqlovçi kompaniya» AJ, Özbekiston Respublikasi taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Toşkent viloyati Çimyon-Çorvoq kurort-rekreatsion zonasi hududida «Çorvoq» erkin turistik zonasi taşkil etiş va uşbu erkin turistik zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-soğlomlaştiriş, savdo-köngiloçar majmualar va turizm uçun möljallangan boşqa obektlar barpo etiş, şuningdek, zamonaviy injyenerlik infratuzilmasi obektlari yaratiş haqidagi takliflari ma'qullangan.
Erkin turistik zonaning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib quyidagilar belgilangan:
- erkin turistik zonada zamonaviy turistik infratuzilma obektlari, turistlarga zarur xizmatlar körsatiş şaroitiga ega bölgan rekratsion dam olişning maxsus funksional va mavsumiy zonalarini barpo etiş uçun xorijiy va milliy investorlarni jalb etiş;
- hududning ekologik muhiti imkoniyatlarini hisobga olib, unikal turistik yönalişlar işlab çiqiş;
- transport vositalaridan foydalaniş qulayligini ta'minlaş, hududda yangi transport harakati turlari (poyezd, elektropoyezd, avtobuslar)ni, jumladan muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan turlarini joriy qiliş, yölovçi transporti yönalişlarini kengaytiriş, uning uzluksiz qatnovini ta'minlaş, zarur transport infratuzilmasini rivojlantiriş;
- turistlarning kelib-ketişi xavfsizligiga doir qöşimça xavfsizlik çoralarini yaratiş, jumladan turistik infratuzilma obektlarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlaş, ogohlantiriş tizimini taşkillaştiriş, hududga kelgan turistlar haqida yagona axborot bazasini hamda favqulodda holatlarda zudlik bilan yordam körsatiş tizimini joriy etiş;
- erkin turistik zona hududida faoliyat olib borayotgan va loyiha amalga oşirayotgan tadbirkorlik sub'yektlari va investorlar (şu jumladan xorijiy investorlar) uçun maxsus örnatilgan bojxona va soliq rejimlarini ta'minlaş;
- tajriba tariqasida muqobil va qayta tiklanuvçi manbalar qöllangan zamonaviy yangi energiya saqlovçi tizimlarni joriy etiş asosida unikal ekologik tizimni yaratiş borasidagi loyihalarini tatbiq etiş.
Farmonga köra, belgilab qöyilmoqdaki:
- erkin turistik zona erkin iqtisodiy zona sanaladi;
- erkin turistik zonaga va erkin turistik zonasi iştirokçilari hisoblanuvçi tadbirkorlik sub'yektlariga erkin iqtisodiy zonalar haqidagi qonunçilikning nizomlari va ularda erkin iqtisodiy zonalar va ularda iştirok etuvçilar uçun nazarda tutilgan barça imtiyoz va yengilliklar amal qiladi;
- erkin turistik zonaning faoliyat körsatiş muddati keyinçalik uzaytiriş imkoniyati saqlangan holda 30 yilga teng.
Toşkent viloyatidagi iqtisodiy zonalar va kiçik sanoat zonalari ma'muriy kengaşi erkin turistik zonani ma'murçiligi bilan şuğullaniş funksiyasiga ega böladi.
Toşkent viloyati hokimligi va ma'muriy kengaş, Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi hamda Özbekiston Respublikasi Arxitektura va quriliş davlat qömitasi bilan birgalikda bir oy muddat içida yaratilayotgan erkin turistik zona çegaralarini aniqlab oliş vazifasini olmoqda.
Özbekiston Respublikasi tiklaniş va taraqqiyot fondiga erkin turistik zonadagi investitsion loyihalarni birgalikda moliyalaştiriş uçun 100 million AQŞ dollari miqdorida imtiyozli kredit liniyasini oçiş vazifasi topşirilmoqda.












