Olimpiadada Rossiya madhiyasi yangramaydi. Töliq tafsilotlar
|16:30 / 06.12.201724 1208 min
Foto: Zuma/TASSFoto: Zuma/TASS
Rossiyalik sportçilar 2018 yili Pyongçangda bölib ötadigan qişki Olimpiada öyinlariga borişi mumkin, ammo Rossiya emas. Xalqaro olimpiya qömitasining (XOQ) ijro qömitasi 5 dekabr kuni Rossiya terma jamoasini olimpiadadan çetlatiş töğrisida qaror qabul qildi.
Janubiy Koreyada Rossiya bayroqlari kötarilmaydi, Rossiya madhiyasi yangramaydi, sportçilarga Olympic Athlete from Russia (OAR) bayroği ostida harakat qilişga ruxsat berildi.
Jamoani bayroq va madhiyadan mahrum etiş katta norozilik keltirib çiqardi. Bunday qaror çiqarilişi avvaldan kutilgandi, şunçaki 5 dekabrda ijroiy qömitaning 14 vakili buni tasdiqladi.
Şu tariqa, Rossiya öyinlarning 120 yildan ortiq tarixi davomida ilk marta doping qoidalari buzilişi tufayli çetlatilgan terma jamoaga aylandi.
XOQ qarori
Foto: Soçi-2014 / Reuters
5 dekabr kuni Şveytsariyaning Lozanna şahrida ötkazilgan Xalqaro Olimpiya qömitasi yiğilişida quyidagi qarorlar qabul qilindi:
Rossiya 2018 yili Pyongçangda bölib ötadigan qişki Olimpiadadan çetlatiladi, qömita maxsus komissiyasi turnirga neytral tomon vakili sifatida borişi mumkin bölgan rossiyalik sportçilarni belgilab beradi. Bu komissiyani Fransiyaning sobiq sport vaziri Valeri Furneyron boşqaradi. Komissiya tarkibiga XOQ va WAFA vakillari kirişadi.
Soçi-2014 öyinlarida iştirok etgan mulozim, murabbiy va şifokorlarning birortasi qişki olimpiada öyinlariga kiritilmaydi.
Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko va uning sobiq örinbosari Yuriy Nagornix umrbod diskvalifikatsiya qilindi va heç qaçon Olimpiya öyinlariga kiritilmasligi belgilandi. Şuningdek, RF vazirligi vakillarining birontasiga Olimpiada uçun akkreditatsiya berilmaydi. Soçi-2014 taşkiliy qömitasi rahbari Dmitriy Çernişenko Pekin-2022 muvofiqlaştiruvçi komissiyasi tarkibidan çiqarildi.
Rossiya Olimpiya qömitasi Mustaqil antidoping komissiya (ITA) tegişli tekşiruvlar ötkaziş uçun sarflagan 15 million dollarni tölab berişi kerak böladi.
Rossiya xokkey terma jamoasi va kyorling terma jamoasi Olimpiadada iştirok etişiga rasman ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
Foto: AFP
Xalqaro olimpiya qömitasi press-relizidan: XOQ Rossiya Olimpiya Qömitasini çetlatdi va Pyongçangda bölib ötadigan qişki Olimpiada öyinlariga sportçilar alohida borişi uçun şaroit yaratib berdi.
XOQning qarori nimaga asoslangan
Foto: Tomas Bax / XOQ
Xalqaro Olimpiya qömitasining doping mojarosini tekşiriş böyiça komissiyasi rahbari Samuel Şmid ma'lum qildiki, Rossiya terma jamoasi çetlatilişiga faqatgina Rossiya antidoping markazi rahbari Grigoriy Rodçenkovning körsatmalarigagina asoslanmagan.
«Qayd etişni istardimki, bizning tekşiruvlarimiz faqat janob Rodçenkovning körsatmalariga emas, boşqa dalillar va guvohlarga ham asoslangan», - dedi seşanba kungi matbuot anjumanida Şmid.
Uning sözlariga köra, bunday dalillar qatorida özaro yozişmalarni ham kiritiş mumkin.
«Biz öz qarorimizni boşqa isbotlovçi körsatmalar bilan ham mustahkam asosladik», - deya qöşimça qilgan Şmid.
Munosabat
Rossiya Olimpiya qömitasi rahbari Aleksandr Jukov
Foto: Aleksandr Jukov / TV Tsentr
«Darhol aytaman, bu qarorda tuşunarsiz joylar köp. Ikkita ijobiy jihat bor. XOQ rossiyalik barça «toza» sportçilarga ruxsat berdi. Şuningdek, rossiyalik sportçilar «olimpiya sportçilari» deb atalişadi. Ular bizni Rossiyada bu tizimga aylanganini (Maklaren hisobotidagi doping böyiça ayblovlar) tan olişga majbur qilmoqçi bölişdi. Biz buni hamişa inkor etamiz.
Qarorning yomon tomoni - sportçilarimiz bayroqsiz va madhiyasiz iştirok etişi kerak. Ha, bu çeklov Olimpiadaning oxirgi kuniga qadar. Qişki Olimpiadadan keyin bu çeklov olib taşlanadi va rossiyalik sportçilar yakunlovçi marosimga öz bayroqlari ostida çiqişi mumkin».
Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova
Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova feysbukdagi sahifasida XOQning qaroriga munosabat bildirdi.
«Hamkorlarimiz»ning bu qaroridan nimalar kutiş mumkin? Lekin bizni izdan çiqara olişmaydi. Na jahon uruşlari bilan, na Sovet Ittifoqini qulatiş bilan, na sanksiyalar bilan... Yaşaşda davom etamiz <...> Oğriqlimi? Juda. Qalbim va yuragim sportçilarimiz bilan. Omon qolamizmi? Ha.» — deya yozgan Zaxarova.
Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov
Çeçeniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov ma'lum qildiki, heç bir çeçen sportçisi Olimpiadada neytral bayroq bilan çiqiş qilmaydi.
«Ğarb hali yana bir marta öz yuzini körsatdi, bu ikkiyuzlamaçilik va qörqoqlikdir. Rossiyaning Olimpiadadan çetlatilişi — amaldorlar aybi uçun sportçilarni jazolaşdir. Sport xalqlarni birlaştirişi kerak, dunyoni buzişi emas. Sportdan siyosiy manfaatlar yölida foydlaniş — kuçsizlik va qörqoqlik belgisi.
Rossiyaliklar uçun öz bayroği bilan harakat qiliş muhimdir. Bizda Vatan bor, bizda vatanparvarlik bor! Heç bir çeçen sportçisi neytral bayroqda qatnaşmaydi. Olimpiadaga borişi kerak bölgan barça çeçen sportçilarini biz ğoliblar, deb bilamiz!
XOQ Rossiyaning uç rangi Olimpiadada köp kötarilişidan qörqadi. Ğarbda bayroğimiz şunday qörquv uyğotadi. Lekin siyosatçilar siyosatçilar bilan, sportçilar sportçilar bilan bahslaşişi kerak. Bu oddiy mantiq.
Ammo hozir asosiysi, tuşkunlikka tuşmaslikdir. Bu bizni yanada kuçliroq qilişi kerak. Rossiya qudratli davlat va biz buni bir neça bor isbotlaganmiz», — deya Qodirovning sözlarini keltirgan RT.
Valuyev rossiyalik sportçilarni Olimpiadaga boşqa bayroq ostida bölsa ham borişga çaqirdi
Foto: TASS
Davlat dumasi deputati, sobiq boksçi Nikolay Valuyev rossiyalik sportçilarga murojaat qildi.
«Bolalar, sport — sizning hayotingiz va taqdiringiz! Va bu hayot uzoq davom etmaydi. Şunday ekan, boring va barça raqiblaringizga körsatib qöying. Siz ğalaba qozonar ekansiz, biz sizning ğalabalaringizni xursandçilik bilan nişonlaymiz! Hammangizga rahmat! Sportga aloqador bölmagan odamlar buni tuşuna olmaydi. Xudo ularga tözim bersin», — deya Valuyevning sözlarini keltirgan RT.
Ikki karra olimpiada çempioni Yevgeniya Medvedeva
Foto: TASS
Medvedeva Olimpiadaga Rossiya bayroğisiz borişini tasavvur qila olmayapti.
«Men Olimpiya öyinlariga Rossiya bayroğisiz boriş variantini qabul qila olmayman. Men öz mamlakatim bilan faxrlanaman, men Olimpiadada öz vatanim şarafini himoya qilişim kerak emasmi? Bu tuyğu meni çiqişlarim vaqtida ilhomlantirar va kuç berardi.
Bundan taşqari, men Olimpiadada şaxsiy çiqişlardan köra, jamoaviy çiqişlarni muhim bilaman. Agar men milliy bayroqsiz çiqsam, jamoaviy bölib qatnaşa olmayman. Boşqa raqiblarimda esa bunday imkoniyat böladi. Olimpiya xartiyasiga köra, barça sportçilar teng imkoniyatlarga ega bölişi kerak. Bu holatda esa tenglik körmayapman», — degan Medvedeva.
Endi nima böladi?
Foto: Konstantin Çalabov / RIA Novosti
XOQ öz qarorini e'lon qildi. Endi söz Rossiya tomoniga. «Sport jamoatçiligi 12 dekabr kuni olimpiya yiğilişi ötkazadi va bu masala muhokama qilinadi. Unda barça sportçilar va murabbiylar qatnaşib, Olimpiadada qatnaşiş şartlari böyiça öz qarorlarini ma'lum qilişadi», - deya qayd etgan Jukov.
XOQ rahbari Tomas Bax qabul qilingan qarorni öqib berdi. U yakunda dopingga aloqador bölmagan, lekin bu qarordan aziyat çekadigan rossiyalik sportçilarga açinişini qöşimça qildi.
«Olimpiya boykoti natijalarga ta'sir qilmaydi. Rossiyalik sportçilar boykot qilişi uçun sabab körmayapman. Rossiyada «toza» sportçilar ham borligini körsatişimiz muhim. Men özim ham sportçi bölganman, men dopingga aralaşmagan barça rossiyalik sportçilar bu qarordan jabrlanayotgani uçun qattiq afsusdaman. Bunday «toza» sportçilar kelajakdagi «toza» sport uçun köprik örnatişlari mumkin», degan Bax.