Yuqoriçirçiq tuman IIBga 1970 yilda tuğilgan Jabbor Şermatov (keltirilgan ism-familiyalar özgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, öz arizasida joriy yilning 30 oktabr kuniga ötar keçasi noma'lum şaxs, heç kim yöqligidan foydalanib, eşigini temir sim bilan oçib, tuman hududidagi avtoulovlarni yuviş şoxobçasi oldida turgan unga tegişli «Matiz» rusumli avtoulovi yukxonasidan olti million söm pullarini öğirlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toşkent viloyati IIB axborot xizmati xabar bergan.
Olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Yuqoriçirçiq tumanida yaşovçi, 1990 yilda tuğilgan Sardor Matyoqubov, 1999 yilda tuğilgan Alişer Oripov, 1995 yilda tuğilgan Komron Botirov va 1999 yilda tuğilgan Behzod Dalliyevlar sodir etganliklari aniqlanib, uşlandilar.
Uşbu holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergovni IIB olib bormoqda.








