Qirğizistonning Öş şahrida Özbekiston hisobidan maktab quriladi. Qirğiziston Respublikasi parlamenti ikki davlat örtasidagi bitimni ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qonun loyihasini uçinçi öqişda ma'qulladi.

Qirğiziston ta'lim va ilm-fan vaziri Gulmira Xudoyberdiyevaning sözlariga köra, quruvçilarning katta qismi Özbekistondan böladi. Quriliş keyingi öquv yilining boşlanişiga qadar yakunlanişi rejalaştirilgan.

630 nafar öquvçiga möljallangan maktab uç korpusdan iborat böladi. Qonun Qirğiziston prezidentiga imzo qöyiş uçun yuboriladi.