Bugatti kompaniyasi butun dunyo böylab narxi 3 mln dollar turadigan 47 ta Chiron giperkarini qaytarib olmoqda. Bunga esa old örindiqlar kronşteynlarida payvandlaşning nuqsonini bartaraf etiş sabab bölgan.
Qaytarib olinayotgan maşinalardan 12 tasi Şimoliy Amerikada bölib, kompaniya vakillari bu giperkarlar egalari bilan boğlanadilar. Şundan keyin har bir Chiron yopiq yuk maşinasida Bugatti’ning AQŞdagi 12 dileridan biriga tekşiruv uçun yetkaziladi.
Agar nosozlik aniqlansa, unda kompaniya vakillari kronşteynlarni almaştiradi.
500 dona işlab çiqarilgan Chiron 1500 ot kuçiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatelga elektron çeklagiç örnatilgan bölib, u maşina tezligini 420 km/soatlik belgida çeklaydi. Giperkar joyidan 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erişadi.
Joriy yozda “Formula 1”ning sobiq poygaçisi Xuan Pablo Montoyya Çiron’da 0 dan 400 km/soat tezlikka 32,6 soniyada erişgan va keyin uning töliq töxtatişi uçun 42 soniya ketgan. Seriyali işlab çiqariluvçi maşinalar uçun bu rekord natija bölgan.
Chiron modeli Bugatti Veyron giperkarining vorisi hisoblanadi. Veyron oxirgi ön yillikning köp qismi davomida dunyodagi eng tez avtomobil unvonini saqlab kelgan.












