9 dekabr, şanba kuni ertalab taniqli teatr va kino aktyori Leonid Bronevoy 89 yoşida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti artist işlagan Moskvadagi “Lenkom” teatri direktori Mark Varşaverga tayangan holda xabar bermoqda.

"Bugun soat 7.30da SSSR xalq artisti Leonid Sergeyeviç Bronevoy hayotdan köz yumdi", - deya aytib ötgan Varşaver.

Eslatib ötamiz, Leonid Bronevoy 1928 yilning 17 dekabr kuni Kiyev şahrida tuğilgan. 1950 yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toşkent teatr institutini tamomlagan. Öqiş vaqtida radioda suxandon bölib işlagan, özbek tilida ham eşittirişlar olib borgan. 1987 yilda SSSR xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. Bronevoy kinoda “Bahorning ön yetti lahzasi” (Genrix Myuller), “Pokrov darvozalari” (Arkadiy Velyurov), “Öşa Myunxgauzen” (hertsog — Hannover kurfyursti)  kabi filmlarda ijro etgan rollari bilan maşhur edi.