Prezidentning joriy yil 8 avgustdagi «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini ta'minlaşga doir ustuvor çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, Samarqand şahrida ham hokimlik, prokuratura, içki işlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boşçilik qiladigan sektorlar faoliyati samarali yölga qöyilgan.
Viloyat soliq xizmati matbuot xizmatining KUN.UZga ma'lum qilişiça, Samarqand şahar davlat soliq inspeksiyasi boşliği Ravşan Nasimov rahbarlik qilayotgan törtinçi sektor hududidagi mahallalarda aholi turmuş darajasi, muammo va kamçiliklarini ijobiy hal etiş böyiça fuqarolar bilan muttasil muloqotlar olib borilmoqda. Hududdagi noçor oilalar, yakka-yolğiz keksalar, nogironlar aniqlanib, ularni ijtimoiy himoya qiliş, yaşaş şaroitlarini yaxşilaş böyiça aniq vazifalar belgilangan.

Jumladan, 7 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi arafasida Kimyogarlar qörğoni, Nurafşon mahallasida yaşovçi N.Saidmurodova, Darğom mahallasida yaşovçi M.Zakriyayeva va Çorboğ mahallasida yaşovçi A.Jumayevlarga homiylar yordamida nogironlik aravaçalari topşirildi. Ularning doimiy salomatligidan xabar olib turiş böyiça mas'ullar biriktirildi.

Ayni paytda sektor hududidagi mahallalarda aholini qiynayotgan muammo va kamçiliklarni aniqlaş, bartaraf etiş böyiça işçi guruhlar faoliyat yuritmoqda.













