Kanadaning «Toronto» klubi Şimoliy Amerika Oliy futbol ligasi (MLS) kubogi finalida öz maydonida «Sietl Saunders»ni 2:0 hisobida mağlub etib, MLS’da ğoliblikni qölga kiritdi.
Gollarni Jozi Altidor (67-daq.) va Viktor Vaskes (94-daq.) tomonidan urildi.
MLS kubogi uçun uçraşuv muntazam çempionatda eng yuqori örinni egallagan finalçi jamoa uy stadionida bölib ötadi.
«Toronto» uşbu ğalaba evaziga MLS’ning çempionlik unvonini qölga kiritgan Kanadaning ilk klubi böldi.
Ayni vaqtda bu unvonni eng köp «Los-Anjyeles Gelaksi» qölga kiritgan – 5 ta. 2016 yilda ğoliblik «Sietl Saunders»ga nasib qilgandi.
MLS’ning birinçi mavsumi 10ta jamoa bilan 1996 yilda bölib ötgan. 2017 yilda MLS’da 22ta jamoa – AQŞdan 19ta va Kanadadan 3ta jamoa iştirok etdi. Muntazam çempionat yakunlariga köra 12ta eng yaxşi klub (har bir konfederatsiyadan 6tadan) pley-off bosqiçiga çiqib, u yerda çempionlik unvoni uçun kuraş olib bordi.
MLS. Oliy futbol ligasi. Final
Toronto – Sietl Saunders – 2:0
Gollar: 1:0, Altidor (67); 2:0, Vaskes (90+4)












