Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toronto aholisi avtomobil yo‘liga pomidor ko‘chatini ekib chiqdi
Shubhasiz, hamma mamlakatlar ham o‘z yo‘llari bilan faxrlanib, ularni eng yaxshi deb aytisholmaydi. Ba'zida kichik shaharlardagi yo‘llarni ta'mirlashni so‘rab amaldorlarga murojaat etilganida buni ancha kutish kerak. Bunga rozi bo‘lmaganlar nima qilishi zarur?
Kanadaning Toronto shahridagi aholi noroziligini ana shunday ko‘rsatdi. Ular ta'mirtalab yo‘lga pomidor ko‘chatlarini ekishdi.

Qandaydir sabab tufayli mahalliy hukumat yo‘lni tartibga keltira olmadi, aholining doimiy shikoyatiga esa ulardan javob bo‘lmadi.

Shaharliklardan biri ijodkor va botir bo‘lib chiqdi. Chuqurlikka pomidor ko‘chatini o‘tkazdi. O‘simlik meva tukkaniga nima deysiz? Yashil o‘simlik surati ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda keng tarqaldi. Ular jurnalist va mahalliy televideniyening diqqatini o‘ziga jalb etdi. Biroz vaqt o‘tgach, syujyet hududiy televideniyeda efirga uzatildi.


Bugun yo‘l ta'mirlangan, albatta. Pomidor ko‘chati esa boshqa yerga o‘tkazildi.
Mavzuga oid
00:41 / 14.12.2025
Pomidor qon bosimini pasaytirishga yordam berishi ma’lum bo‘ldi
00:15 / 21.02.2025
Torontoda qo‘nish vaqtida ag‘darilib ketgan samolyot yo‘lovchilariga 30 ming dollardan pul taklif qilindi
08:23 / 18.02.2025
Torontoda yo‘lovchi samolyoti qo‘nayotganda ag‘darilib ketdi
20:50 / 17.12.2024